Ten Xagning "Arsenal"ga uchralgan mag‘lubiyatdan jahli chiqqan. U futbolchilar haqida keskin gapirdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag kechagi "Arsenal"ga uchralgan mag‘lubiyat (2:3)dan so‘ng natijadan mamnun emasligini ma’lum qildi. 

"Ayni paytda mening jahlim chiqqan. Natijadan qoniqish hosil qilmadim. 

Yigitlarga ham aytdim, agar siz sovrinlar yutishni, chempion bo‘lishni istasangiz, fikrlashni o‘zgartirish kerak. Jamoa mentalitetini tubdan yangilash kerak.

Shunda natijalar hamma o‘ylagandek qoniqarli bo‘ladi. Hali qiladigan ishimiz ko‘p", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!