Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Tennischilarimiz Amerikada revansh olmoqchi

Zohir2018
Izohlar: 0

Toshkentdagi mag‘lubiyat alami, hamon yodimizda

Joriy yilning 6-7 mart kunlari O‘zbekiston terma jamoasi tennis bo‘yicha "Devis kubogi" musobaqasining pley-off bosqichida AQSh termasiga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur o‘yinda mamlakatimiz sharafini Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev va Olimjon Nabiev kabi tennischilarimiz Petr Lebed boshchiligida himoya qiladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari terma jamoasi safida Taylor Frits, Reyli Opelka, Tommi Pol, Mayk Brayan va Bob Brayanlar kortga chiqadi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa doirasida 2015 yili Toshkentda  O‘zbekiston va AQSh terma jamoalari o‘zaro raqobatlashgan. Unda amerikalik tennischilar 3:1 hisobida zafar quchgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q