Teofimo Lopes va Jemeyn Ortis jangi yakunlandi

  • 09.02.2024 10:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Las-Vegasda boks oqshomi yakunlandi, uning asosiy jangida Teofimo Lopes birinchi yarim o‘rta vazn (63,5 kg) toifasida WBO chempionlik kamarini Jemeyn Ortisga qarshi himoya qildi.

Jang avvalida yaqqol favorit deya e’tirof etilgan Teofimo Lopes uchun bahs ko‘ngildagidek boshlanmadi. Aksincha Ortis o‘zining ajoyib harakatlari bilan Lopesni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Biroq, jangning ikkinchi yarmida lopes jang sur’atini tenglashtira oldi. So‘ngi raundlarda esa Lopes ustunlikni qo‘lga oldi. Aynan ushbu raundlar uning g‘alabasi uchun ishladi. Yakunda hakamlar 117-111, 115-113, 115-113 hisobida Lopes g‘alaba qozonganini e’tirof etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!