
Ter Shtegen: Inesta “Barselona”ga kerak
“Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoadoshi Andres Inestaning Xitoy klublaridan biriga o‘tib ketishi mumkinligi haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Hozir ham, kelajakda ham Inesta “Barselona”ga kerak. Qarorni u qabul qiladi, ammo uning “Barselona”da qolishiga umid qilaman. Andresning ichidagi kechinmalarini faqat o‘zi biladi. Inesta – ajoyib inson”, – dedi ter Shtegen.
Avvalroq Xitoyning “Tyantszin Tsyuantszyan” klubi ispaniyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirgani, uning o‘ziga yillik 35 million evro maosh taklif qilayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar