Terens Krouford: "Floyd o‘z davrining, men esa o‘z davrimning eng yaxshi bokschisiman"

  • 16.09.2025 20:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Avvalroq, Saul Alvarez matbuot anjumanida “Krouford Floyd Meyvezerdan ancha kuchliroq” deb aytgan edi. Bunga esa mutlaq jahon chempioni, amerikalik Terens Krouford o‘z munosabatini bildirdi.

"Bu Saulning fikri. U ikkimiz bilan ham ringga tushgan. Odamlar xohlagan gapini aytishi mumkin, lekin u biz bilan jang qilgan. Bir jangda o‘zini juda yaxshi his qilgan, boshqasida esa regidratsiya cheklovi bor edi, ustiga-ustak, u yoshroq edi. Bilmayman… Men bunga qattiq yopishib olmayman. Floyd o‘z davrining eng yaxshi jangchisi edi. Men esa o‘z davrimning eng yaxshi bokschisiman", - dedi "Kanelo".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!