Terens Krouford: "Kavalyauskas menga qarshi jangni qabul qiladi deb umid qilaman"

  • 16 sentabr, 2019, 22:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Yaqindagina yurtimizga tashrif buyurgan, WBO chempioni Terens Krouford litvalik Egidiyus Kavalyauskasga qarshi jang bo‘lishini kutmoqda.

 "Men ushbu jang bo‘ladi deb umid qilaman. Raqamlar haqida gaplashish uchun bizda imzolangan shartnoma hozircha yo‘q.

 Men Top Rank va ESPN,bilan uchrashdim, o‘ylaymanki, biz barcha hujjatlarga imzo chekamiz va jangga tayyorgarlikni boshlaymiz.

 Tanqid? Bularning barchasi shunchaki gap. U men uchun birinchi raqamli raqib. U bilan jang o‘tkazishim kerak. U mag‘lubiyatsiz odimlamoqda, qolaversa, havaskor boksda ulkan tajribaga ega. 

Bilishimcha, u Olimpiadada ikki marta ishtirok etgan. U qanday jang qilishni biladi ”- dedi Krouford.

 Eslatib o‘tamiz: 14 dekabr kuni Nyu-Yorkda Krouford va Kavalyauskas jangi e’lon qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!