Terens Krouford taxtni bo‘shatdi. Aleksandr Usik yana birinchi o‘rinda!

  • 25.12.2025 15:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasida WBC, IBF, WBA Super, IBO va The Ring kamarlari sohibi Aleksandr Usik "The Ring" nashri talqiniga ko‘ra, vazn toifasidan qat’i nazar, dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu amerikalik Terens Kroufordning karerasini yakunlashga qaror qilganidan keyin yuz berdi.

P4P ning yangilangan reytingi:

1. Aleksandr Usik (Ukraina).
2. Naoya Inoue (Yaponiya).
3. Jessi Rodriges (AQSh).
4. Dmitriy Bivol (Rossiya).
5. Artur Beterbiev (Rossiya).
6. Dzyunto Nakatani (Yaponiya).
7. Shakur Stivenson (AQSh).
8. Devid Benavides (AQSh).
9. Devin Xeyni (AQSh).
10. Oskar Kollazo (Puerto-Riko).

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Londondagi (Buyuk Britaniya) "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangda Usik britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi ringga ko‘tarilib, beshinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!