Terma jamoada o‘ynagan futbolchi vafot etdi

  • 23.01.2026 17:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya futboli judolikka uchradi. O‘z davrida “Everton” klubi va Angliya milliy terma jamoasida o‘ynagan himoyachi Tommi Rayt 82 yoshida vafot etdi.

Ahamiyatli jihati shundaki, Tommi Rayt butun professional faoliyati davomida faqat bir – “Everton” sharafini himoya qilgan 1964-1974 yillarda shu klubda to‘p tepgan futbolchi 1970 yili Angliya chempionligiga sazovor bo‘lgan.

Liverpul shahri jamoasi safida Tommi Rayt jami 373 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari o‘z hisobiga to‘rtta gol ham yozdirib qo‘ygan.

Angliya terma jamoasi safida Tommi Rayt 11 ta xalqaro uchrashuvda ishtirok etgan. U terma jamoa bilan birga 1968 yilda Yevropa chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!