Terma jamoalarda qaysi bosh murabbiy qancha maosh olmoqda?

  • 03.10.2026 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan italyalik mutaxassis Karlo Anchelotti yiliga 10 million yevro maosh bilan milliy terma jamoalar bosh murabbiylari orasida eng ko‘p maosh oladigan mutaxassis hisoblanadi.

Ikkinchi o‘rinda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp  7 million yevro, uchinchi o‘rinda esa AQSh terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Poçettino 6,8 million yevro maosh bilan qayd etilgan. Bu haqida AS xabar berdi.

AS talqiniga ko‘ra, terma jamoalar bosh murabbiylari orasida eng yuqori maosh oluvchi 10 mutaxassis:

Karlo Anchelotti (Braziliya terma jamoasi) — yiliga 10 million yevro.

Yurgen Klopp (Germaniya terma jamoasi) — 7 million yevro.

Maurisio Poçettino (AQSh terma jamoasi) — 6,8 million yevro.

Tomas Tuxel (Angliya terma jamoasi) — 6 million yevro.

Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi) — 5 million yevro.

Zinedin Zidan (Fransiya terma jamoasi) — 3,6 million yevro.

Xavi (Niderlandiya terma jamoasi) — 3 million yevro.

Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi) — 2,3 million yevro.

Ralf Rangnik (Avstriya terma jamoasi) — 2 million yevro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!