Terma jamoamiz a'zolari Xitoydagi xalqaro turnirda 17 ta medal qo‘lga kiritdi
14–29 sentyabr kunlari Xitoyning Sintszyan avtonom okrugida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ishtirokida xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazildi va bokschilarimiz yig‘in mobaynida 4th “Belt and Road” xalqaro turnirida ham ishtirok etdilar. Yakunlarga ko‘ra jamoamiz vakillari turnirni 7 ta oltin, 4 kumush va 6 ta bronza medallari bilan tugatishdi.
Oltin medal:
-50 kg. Shodiyorjon Meliqo‘ziev
-60 kg. Shoxrux Abdumalikov
-65 kg. Madiyar Daniyarov
-90 kg. Ruslan Sharipboev
+90 kg. Madiyar Saydrahimov
-51 kg. Zilolaxon Yusufova
-80 kg. Ruxshona Parpieva
Kumush medal:
-65 kg. Atxamjon Muxitdinov
-75 kg. Safarmurod Allaberganov
+90 kg. Shaxzod Polvonov
+80 kg. Sobiraxon Shohobiddinova
Bronza medal:
-50 kg. Amirbek Ismoilov
-70 kg. Abdulaziz Jo‘raqulov
+90 kg. Ozodbek Aliev
-48 kg. Jasmin Tohirova
-65 kg. Sevinch Xurramova
-75 kg. Aysanem Saruarova
Murabbiylar: Ramz Ahmedov, Yusufjon Tursunov, Ikrom Berdiev, Ozod Xasanov, Baxodirjon Nuriddinov, Rustam Abilov.
Hakam: Asliddin Abdualimov
Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar