Terma jamoasi oʻyinchisi futboldan haydaldi. U “Bunyodkor”da ham gol urgan
Turkmaniston milliy terma jamoasi va “Altin-Asir” klubi futbolchisi Selim Nurmuradov taqiqlangan modda – meldoniy iste’mol qilgani uchun ikki yilga futboldan diskvalifikatsiya qilindi.
Bu haqida Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sayti xabar berdi.
Chetlash muddati 2025 yilning 17 dekabridan, ya’ni vaqtincha diskvalifikatsiya haqida xabar berilgan sanadan boshlab ikki yil hisoblanadi.
Nurmuрадov ichki va xalqaro darajadagi barcha futbol o‘yinlarida ishtirok etish huquqidan mahrum. Agar u taqiqlangan modda organizmiga tasodifan tushganini isbotlasa, diskvalifikatsiya muddati qisqartirilishi mumkin.
30 yoshli yarim himoyachi Qozonning “Rubin” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U turli vaqtlarda Toshkentning “Bunyodkor”, Livanning “Al-Ahed”, shuningdek Turkmanistonning “Ahal” va “Altin-Asir” jamoalarida to‘p surgan. Futbolchi milliy terma jamoa safida 10 ta o‘yin o‘tkazgan.
Selim Nurmuradov 2020-2021 yillar davomida “Bunyodkor” safida jami 18 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga ikkita gol ham yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar