
Termizda dzyudo bo‘yicha mamlakat kubogi o‘tkazilmoqda
Bugun Surxondaryoning Termiz shahrida dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslariga start beriladi.
"Alpomish" sport majmuasida o‘tadigan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 450 nafarga yaqin dzyudochilar ishtirok etadi. 17 may kuniga qadar davom etadigan mamlakat kubogda 7 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bugunning O‘zbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. Ayni damda polvonlar o‘z vazn toifalarida saralash bahslarini o‘tkazmoqdalar.
Fikrlar