
Tezkor! "Bavariya" Keyn transferini deyarli hal qildi!
"Bavariya" klubi "Tottenxem" bilan Xarri Keyn bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Germaniya chempionlari Keyn uchun 100 million evrodan ko‘proq summa to‘laydi. Hujumchiga esa 5 yillik shartnoma taklif etiladi.
Xarri bilan moliyaviy shartlar bo‘yicha muzokaralar boshlanish arafasida. Angliyalik to‘purar ham Bundesligaga yo‘l olishga qarshi emasligi aytilmoqda.
Fikrlar