Tezkor gollarni urgan MYu futbolchisi APL tarixiga kirdi

"Manchester Yunayted" Angliya Premer ligasining 14-turida "Lids" ustidan 6:2 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning dastlabki 3 daqiqasi ichida yarim himoyachi Skott Maktominay dubl qayd etdi. Shu tariqa, u bunday natijaga erishgan birinchi futbolchi sifatida musobaqa tarixiga kirdi.

APL joriy mavsumining startidan beri shotlandiyalik yarim himoyachi birorta gol urmagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!