
Tezkor! Isroil Madrimov va Mishel Soro o‘rtasidagi chempionlik jangi uchun belgilangan promouterlik savdosi qoldirildi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WVA) professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov va WBA Gold chempioni Mishel Soroni vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun jangga buyurgan hamda 23 avgust sanasiga jangni tashkil etish uchun promouterlik auktsionini e’lon qilgan edi.
Tashkilotning xabar berishicha, bir necha vazn toifalarida ikkinchi darajali jahon chempionlik kamarlari (WBA Regular, WBA Interim, WBA Gold) sonini qisqartirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu sababli, WBA Interim ya’ni vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun bo‘lishi kutilgan Madrimov va Soro o‘rtasidagi jang bo‘yicha qaror qayta ko‘rib chiqiladi. Tashkilot kamarlar sonini kamaytirish bo‘yicha holatni o‘rganib chiqadi va yakuniy buyruq beradi.
Qisqa qilib aytganda, endi tashkilot jang statusini belgilashini kutishimiz kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida eng nufuzli WBA Super kamari Jermell Charloga, keyingi o‘rinda turuvchi WBA Regular kamari Erislandi Laraga tegishli. Isroil Madrimov esa reytingda birinchi o‘rinda bormoqda va chempionlik uchun majburiy da’vogar hisoblanadi.
Fikrlar