Tezkor: Muhim o‘yin oldidan “Siti”da katta yo‘qotish

  • 21.04.2026 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 33-turida musobaqa peshqadami “Arsenal”dan 2:1 hisobida ustun kelgan “Manchester Siti” yana chempionlikka erishish imkoniga ega bo‘ldi.

Endi “shaharliklar” har bir uchrashuvda uch ochko uchun o‘ynaydi.

Manchesterliklar navbatdagi turda liga qolish uchun kurashayotgan “Börnli” mehmoni bo‘ladi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Rodri 22 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Börnli”ga qarshi o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

Rodri o‘tgan yakshanba kuni “Arsenal”ga qarshi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yin so‘ngida shikastlangani bois zahiraga olingan edi.

Gvardiola hozircha jarohatning qay darajada ekaniga to‘liq ishonch hosil qilmagan, biroq futbolchi kamida yaqinidagi bitta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Rodri ertangi o‘yinga tayyor bo‘lmaydi, keyingi uchrashuvlarda ishtirok etishi esa keyinchalik ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, Ruben Diash ham hozircha o‘ynashga tayyor emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!