Tezkor! "Nasaf"ning "Al-Ayn"ga qarshi o‘yinida "Goal-line" texnologiyasidan foydalaniladi!

Xabaringiz bor, ertaga soat 19:00 da "Nasaf" klubining Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida BAAning "Al-Ayn" jamoasiga qarshi o‘yini start oladi. 

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, mazkur to‘qnashuvda "Goal-line" texnologiyasi ishlatiladi. Hozirda Qarshi shahriga texnikalar etib kelgan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Goal-line" texnologiyasi golni aniqlashda hakamlarga yordam berib keladi. Agar to‘p chiziqni kesib o‘tsa, referining qo‘lidagi soatga maxsus signal etib boradi va shu orqali muammoli vaziyat texnologiya yordamida hal etiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
FCNASAF UZBEKISTAN
13/02/2024 17:53
Қаршидаги марказий ўйингохи юртимиздаги энг зўр ўйингох десак муболаға бўлмайди.
Bahrom Yunusov
13/02/2024 12:14
Yangilik