Tezkor! "Navbahor" va "Ayaks" oʻrtasida futbol hamkorligi tuzildi

  • 05.06.2026 15:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Namanganning "Navbahor" klubi Niderlandiyaning mashhur "Ayaks" klubi bilan xalqaro hamkorlikni boshladi.

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan kelishuvga koʻra, "Ayaks" "Navbahor"ning yoshlar akademiyasi rivojlanishi va uning faoliyatini muvofiqlashtirishda oʻz yordamini koʻrsatadi. Hamkorlik Amsterdam klubining futbol falsafasi va metodologiyasi asosida amalga oshiriladi.

Ushbu kelishuv "Navbahor"ning Oʻzbekistonda eng kuchli akademiyalardan birini yaratish maqsadini qoʻllab-quvvatlaydi.

Slider 1

"Navbahor" vitse-prezidenti Akram Dedabayev bu hamkorlikni Markaziy Osiyo klublari uchun muhim qadam sifatida baholadi.

"Bizning klub uchun “Ayaks” bilan bu kelishuvni imzolash katta faxr. Ularning sinovdan oʻtgan metodologiyasi va Oʻzbekistonda sportni rivojlantirishga qaratilgan eʼtibori bizga katta imkoniyat beradi", — dedi u.

"Ayaks" futbol direktori Mariyn Beuker esa ushbu hamkorlik klubning xalqaro taʼsirini kengaytirishda muhim bosqich ekanini taʼkidladi.

Hamkorlik doirasida "Ayaks" Meksika, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, BAA va Yaponiya kabi mamlakatlardagi klublar tarmogʻiga "Navbahor"ni ham qoʻshdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!