Tezkor xabar! Ektor Kuper va Umid Ahmadjonov bugun Namanganga boradi

  • 14 sentabr, 2018, 14:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mazkur klublar o‘rtasidagi bahslar doimo shiddatli va jangovar ruhda kechgan. Albatta bu safargi o‘yinning ham kurashlarga boy tarzda o‘tishiga shubhamiz yo‘q. Boisi, ayni paytda har ikki jamoa chempionlik unvonini qo‘lga kiritish uchun kurash olib bormoqda. Bundan tashqari, “lochinlar” 2-bosqich bahslarini kuchli oltilik guruhining peshqadami sifatida boshlashadi va bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonib, o‘z mavqelarini mustahkamlab olishga intilishadi. Bir so‘z bilan aytganda, bo‘lajak o‘yinga qiziqish katta.

Tecno

“Navbahor” –  “Paxtakor” uchrashuvini bevosita stadionda tomosha qilish uchun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse - prezidenti Umid Ahmadjonov va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuperning Namangangan tashriflari kutilmoqda. Bu haqda "Navbahor" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bundan tashqari, “Navbahor” PFK rahbariyati va Namangan viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan ushbu o‘yinga poytaxtdan bir qator el suygan taniqli san’atkorlar ham  taklif etilishgan. Mazkur san’atkorlarning kimligi hozircha sir. Ular “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi oldidan o‘zlarining dilrabo taronalarini muxlislarga tuhfa etishadi.

Qisqasi, bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik avjida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!