
Tezkor xabar! Mahmud Murodovning UFC'dagi navbatdagi jangi bekor qilindi (FOTO)
31 oktyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan "UFC Fight Night 181" turnirida Mahmud Murodov mezbon sportchi Kevin Xollandga qarshi jang qilishi kerak edi. Afsuski, Mahmudning koronavirusga topshirgan testi musbat natija bergan. Shu bois ushbu jang bekor qilindi.
“Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga! Afsuski, sizlarga noxush xabarni etkazishimga to‘g‘ri kelmoqda. 31 oktyabrdagi jangim bekor qilindi. Chunki Covid-19 ga topshirgan testim musbat natija ko‘rsatdi. Hammasi qodir Allohning irodasi bilan! Alhamdulillah, har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang”, - deb yozadi Mahmud Murodov instagramdagi sahifasida.
Fikrlar