Tezkor xabar! O‘zbekistonlik suzuvchida doping aniqlandi
O‘zbekistonlik suzuvchi Bibigul Menlibaevada doping aniqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"Halqaro suzish federatsiyasining rasmiy bayonotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi Bibigul Menlibaevadan 2019 yil 25 sentyabr kuni Xindistonda o‘tkazilgan Osiyo Chempionati davomida olingan doping-sinama ijobiy natija berib, unda 5-metilgeksan-2-amin taqiqlangan modda aniqlangan. Hozirda sportchi bu holat bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarilguniga qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlashtirilishi ma’lum qilindi", - deyiladi agentlik xabarida.
Fikrlar