
The Best sovrini bu yil qaysi murabbiyga nasib etadi? Nomzodlar e’lon qilindi
FIFAning The Best sovrini uchun eng yaxshi erkak murabbiy nominatsiyasiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular quyidagilar:
Jamel Belmadi (Jazoir terma jamoasi), Dide Desham (Frantsiya terma jamoasi), Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Marselo Galyardo («River Pleyt»), Rikardo Gareka (Peru terma jamoasi), Maurisio Pochettino («Tottenxem»), Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi), Erik ten Xag («Ayaks») va Tite (Braziliya terma jamoasi).
Ma’lumot uchun, The Best mukofoti joriy yilning 23 sentyabr kuni Milandagi “La Skala" opera teatrida tantanali tarzda topshiriladi.
Fikrlar