"The Best". Yilning eng yaxshi darvozaboni aniq bo‘ldi
"The Best" sovrinining ilk mukofatlaridan biri yilning eng yaxshi erkak darvozaboni aniq bo‘ldi. Emilianu Martines ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
Argentinalik futbolchi 2022 yil jahon chempioni bo‘ldi. Aynan ushbu yutuq Emilianuni yilning exshi darvozaboni bo‘lishi uchun katta hissa qo‘shdi.
"Mening oilam haqiqiy qahramonlar. Onam 8 soatlab binolarni tozalar edi. Otam esa har kuni qattiq mehnat qilgan",- dedi 29 yoshli futbolchi.
Martinesning raqobatchilari Yassin Bunu va Tibo Kurtua edi.
Fikrlar