Tiago Alkantara "Barsa"ga (8:2) qarshi o‘yindan so‘ng: Biz hali hech narsa yutmadik

  • 15.08.2020 10:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” yarim himoyachisi Tiago Alkantara kecha “Barselona” (8:2) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bunday hisob bizga juda katta ishonch beradi. Ayniqsa, “Barselona” singari jamoaga qarshi o‘yinda. Biz hozircha hech narsa yutganimiz yo‘q. Bu o‘yin biz uchun final oldidan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bo‘ldi.

Sobiq jamoam va u erdagi do‘stlarimga hurmat belgisi sifatida aytmoqchimanki, “Barselona” buyuk jamoa va ular albatta vaziyatni o‘nglashadi”, - deydi Alkantara.

Ma’lumot uchun, Tiago asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u “Bavariya”ga o‘tishdan avval shu jamoa sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!