Tiago Silva Amerika kubogida ishtirok etmasligi mumkin
PSJ klubi himoyachisi Tiago Silvaning tizzasi operatsiya qilindi. Bu haqda frantsuz nashrlari xabar tarqatmoqda.
Endi 35 yoshli braziliyalik futbolchi mavsumning qolgan qismida parijliklarga yordam bera olmaydi. Bundan tashqari u 14 iyunda boshlanadigan Amerika kubogini ham o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Silva joriy mavsum PSJ safida 39ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar