Tiago Silva PSJdan ketadi, agar...

  • 29.01.2020 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi himoyachisi Tiago Silvaning agenti Paulo Tonietto mijozining boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra agar parijliklar Silvaga yangi shartnoma taklif qilishmasa, braziliyalik futbolchi jamoadan ketadi.

“Hozir biz PSJ bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmayapmiz. Tiagoda esa bosha jamoalardan takliflar mavjud. Agar parijliklar yangi kelishuv taklif qilishmasa, biz boshqa variantlarni ko‘rib chiqishimizga to‘g‘ri keladi”, - deydi agent.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Tiago Silva PSJ safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 26 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!