Tiago Silvaga og‘ir damda eshik ochgan jamoa qaysi edi?
PSJ himoyachisi Tiago Silva bir kun kelib albatta "Fluminense" klubida o‘ynash istagida ekanligini ma’lum qildi.
“Hayotimdagi eng og‘ir paytda “Fluminense” menga o‘z eshiklarini ochgan. Men buning uchun ulardan judayam minnatdorman. Qachondir bir kun yana u erga qaytishni va ushbu klub libosida o‘ynash haqida o‘ylayapman”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Tiago Silva aynan "Fluminense" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2006-2008 yillarda ushbu jamoada to‘p surgan. Shundan so‘ng u “Milan”ga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar