Tim Tszyu 2025 yil oxirigacha ringga qaytmasligi mumkin

  • 28.08.2025 14:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Avstraliyalik bokschi Tim Tszyuning promouteri Jorj Rouzning so‘zlariga ko‘ra, sportchi 2025 yil oxirigacha professional ringga qaytmasligi mumkin. Bu haqda "Boxing Scene" nashri xabar berdi.

"Menimcha, Tim biroz tanaffus olishi kerak. U yiliga to‘rt-besh marta jang qilishni yoqtiradi, doimo mashg‘ulotlarda bo‘ladi. U hech qachon uzoq vaqt tanaffus qilmagan, biroq hozir uning sekinroq harakat qilish imkoniyati bor. Tim uchun "uzoq dam olish" — bu yarim yil. Shunday bo‘lsa-da, biz uni yil oxirigacha yana ringga olib chiqishga shoshilmaymiz", — dedi Rouz.

Eslatib o‘tamiz, Tim Tszyu o‘zining so‘nggi jangida amerikalik bokschi Sebastyan Fundoradan texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!