Tim Tzyuning keyingi raqibi va jang sanasi e'lon qilindi

  • 11.03.2026 09:47
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

5 aprel kuni Avstraliyaning Vullongong shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirning markaziy jangida birinchi o‘rta vazn toifasida (69,9 kg) sobiq jahon chempioni Tim Tsyu hamda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan albaniyalik bokschi Denis Nurja o‘zaro ringga ko‘tariladi.

Ushbu bahs o‘rta vazn toifasida (72,6 kg) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Tim Tsyu professional faoliyatini 2016 yilda boshlagan. U 2023 yilda birinchi o‘rta vazn toifasida jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Avstraliyalik bokschi oxirgi jangini o‘tgan yil dekabr oyida o‘tkazib, amerikalik Entoni Valaskes ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Albaniyalik Denis Nurja esa hozirga qadar professional faoliyatida 20 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan (9 tasi nokaut bilan).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!