
Timo Verner: "APL - eng qiziqarli chempionat"
Germaniya terma jamoasi va "Leyptsig" hujumchisi Timo Verner qaysi chempionat u uchun eng qiziqarli ekanligi haqida aytib o‘tdi.
"Ayni vaqtda klubdan ketish niyatim yo‘q.
APL - men uchun eng qiziqarli liga. Angliya futboli o‘ziga xos. Ammo ko‘plab nemis futbolchilari Ispaniyada ham muvaffaqiyat qozonishdi", - deya aytib o‘tdi Verner.
Daily Mail nashriga ko‘ra, futbolchi faoliyatini aynan Angliya Premer ligasida davom ettirish niyatida. 23 yoshli futbolchi uchun ingliz klublaridan "Manchester Yunayted" va "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.
Forvardning "Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi 2023-yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar