Timur Kapadze: "Kim qaysi o‘rinda bo‘lishi yil oxirida bilinadi"

  • 01.03.2026 00:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor” klubi ilk turda markaziy oʻyin maqomidagi “Dinamo”ga qarshi safardagi bahsda muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi va shu tariqa mavsumni uch ochko bilan boshladi. Oʻyindan keyin namanganliklar ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Koʻp oʻyladik, variantlar ham bor edi. Eng yaxshi yoʻli namanganlik muxlislarni xursand qilish. Ular futbolni yaxshi koʻrishadi. Namangan futboli uchun harakat qilamiz. Savollar koʻp. Ammo umumiy olganda, har bir futbolchi maydonda yaxshi harakat qildi. Albatta, xatolar boʻldi, bunga raqib jamoa ham xato qildirishga urindi. Oʻylaymanki, oʻyindan-oʻyinga kuchayib boramiz. Xatolarimiz ustida ishlaymiz. Eng asosisi, gʻalaba qozondik. Oʻyinni koʻrdinglar, qiyin edi. Oʻzigʻa yarasha qiyinchiliklar bor, shunga qaramasdan yaxshi tayyorgarlik koʻrdik. Futbolchilar maydonda borini berdilar. Zaxiramiz bor, har doim rotatsiya qilib, oʻyindan-oʻyinga kuchayib boramiz, bir-biriga munosib futbolchilarga ega. Bilasizlar, har doim yuqori maqsadlar uchun kurashamiz. Oldimizga qoʻyilgan asosiy vazifa uchun harakat qilamiz.

- Vodiyning uchalasi jamoasi ham birinchi turda gʻalaba qozondi va uchalasini bu yil chempionlik uchun kurashishini muxlislar gapirishyapti. Bu futbolchilarga qoʻshimcha motivatsiya bersa kerak...

- Koryapsizlar, futbol yildan-yilga kuchaymoqda. Jamoalar ham rivojlanmoqda, vazifalar ham oʻzigʻa yarasha kuchaymoqda. Nafaqat vodiy klublarini, balki barcha jamoani oʻz maqsadi bor. Boshqa kuchli klublar ham bor. Oson oʻyinlar boʻlmaydi. Kim qaysi oʻrinda boʻlishi yil oxirida bilinadі. Yoʻl uzoq, bu birinchi tur. Mavsum endi boshlandi. Oldimizda bellashuvlar koʻp. Kim oxirigacha “stabil” borsa, oʻsha klub yuqori pogʻonada boʻladi.

Bitta oʻyinda hammani maydonga tushirish imkoniyati yoʻq. Hammadan foydalanamiz, zaxiramizda yaxshi oʻyinchilar bor. Har biriga imkoniyat boʻladi, oʻyinlarimiz koʻp. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!