Timur Kapadze: "Neftchi" yangi mavsumda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar

  • 22 yanvar, 2021, 11:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze saytimiz tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekcha futbol" loyihasida mehmon bo‘ldi. U "Neftchi"ning kelgusi mavsum Pro-ligadagi imkoniyatlariga quyidagicha baho berdi:

Tecno

"Birinchi navbatda, viloyatga yangi hokim tayinlangani ushbu jamoaning foydasiga ishlashi mumkin. Namangandagi faoliyati orqali ham Xayrulla Bozorovning futbolga qanchalik qiziqishini bilib olishimiz mumkin. Ilhom Mo‘minjonovni jamoa murabbiyligiga olib kelganidan ham anglashimiz mumkinki, farg‘onaliklar oldiga jiddiy maqsadlar qo‘yiladi. Ularda moliyaviy jihatdan ham katta qiyinchiliklar bo‘ladi, deb o‘ylamayman. 

Transferlarga e’tibor qaratsak, Superliganing bir qator tajribali futbolchilari jalb etilganini ko‘ramiz. Serbiyadan ham legioner taklif etildi. Avvalo, barchasini vaqt ko‘rsatadi. Biroq, fikrimcha, "Neftchi" kelgusi mavsumda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun eng katta da’vogarlardan biri". 

Kapadze 1998-2001 yillar mobaynida "Neftchi" sharafini himoya qilgan. 

"O‘zbekcha futbol" ko‘rsatuvini to‘liq shaklda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
22/01/2021 11:18
Onangni eshasskurlar faqat namangan, anjan, fargʻonani koʻtlari ishlaydimi bu saytda jalabdan buganlar