Timur Kapadze: "TsSKA hal bo‘ldi. Bundan tashqari "Vilyarreal" ham bor"

  • 26 sentabr, 2024, 13:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgi kunda Timur Kapadzening "Paxtakor" jamoasini boshqarishi haqida xabarlar tarqaldi. Olimpiya terma jamoasi va "Olimpik"ning sobiq ustozi "Futbol+" da bu mazmundagi xabarlarga izoh berdi. 

"Paxtakor" menga aloqaga chiqdi. Niyatim qanaqa, rejalarim borasida so‘rashdi. Oktyabrda amaliyot o‘tashga boraman, gaplashib qo‘yganman. Hali Maksim Shatskix bosh murabbiy postida turibdi. Hali iste’fo bergani yo‘q. Ko‘ramiz, "Hali mana senga taklif", - degan narsa yo‘q. Faqatgina mendan bo‘lg‘usi rejalarimni so‘rashdi. Buni vaqt ko‘rsatadi. 

O‘zingizni niyatingiz qanday? Agar taklif bo‘lsa, "Paxtakor"da ishlagan bo‘larmidingiz?

Futbolchilik faoliyatimga qaraydigan bo‘lsam, eng ko‘p "Paxtakor"da o‘ynaganman. Eng ko‘p sovrinlarni ham "Paxtakor" bilan yutganman. "Paxtakor"ni qalbimda ham o‘z o‘rni bor. Har bir o‘ynagan jamoamni o‘rni bor. Bu ham bir faoliyatimdagi yangi bir chaqiruv bo‘lish ehtimoli bor. Agarda taklif bo‘lsa, gaplashib kelishib olsak, ambitsiyalari yaxshi bo‘lsa, nimaga yo‘q! Ammo boshqa variantlar ham bor. Hozircha qoldirib turibman. Ayni damda vaqti emas. 

Oktyabr oyida ikkita amaliyotni gaplashdim. Birinchisi TsSKA hal bo‘ldi. Bundan tashqari "Vilyarreal" bor. Dmitriy Cherishev orqali unga chiqildi. Buni faqat sanalari aniq bo‘lishi qoldi. Amaliyotga borish qiyin ekan. Federatsiyadan ham xatlar jo‘natdik. Ikki klubdan rad javobi keldi. Qolganlaridan hali javob kelmadi. 

Orada futboldan zerikib qolmadingizmi?

Men futboldan ketganim yo‘q. O‘yinlarga boryapman, kuzatyapman. Faqatgina oldingidek har kuni mashg‘ulot, stress emas, ozgina dam olyapman", - dedi Kapadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!