Tojikiston o‘rtoqlik uchrashuvida Bahraynga yutqazdi
Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan Tojikiston milliy terma jamoasi oldindan rejalashtirib qo‘yilganidek, 7 noyabr kuni Bahraynga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.
O‘yinning 44-daqiqasida Muhammad Saad Al-Romayxi tomonidan kiritilgan yagona gol Bahrayn terma jamoasiga kichik hisobdagi g‘alabani keltirdi – 1:0.
Ushbu bellashuvda “Bunyodkor” va “Navbahor” safida to‘p surayotgan Davron Ergashev bilan Ehsoni Pandshanbe Tojikiston termasi tarkibida maydonga tushdi.
Tojikiston terma jamoasi tarkibi: Rustam Yatimov, Davron Ergashev, Axtam Nazarov, Zoir Jo‘raboev (Manuchexr Jalilov, 87), Tabrezi Davlatmir (Muhammadjon Rahimov, 80), Manuchexr Safarov, Amirbek Jo‘raboev, Abdulmo‘min Zabirov (Komron Tursunov, 70), Exsoni Pandshanbe, Ilhom Barotov (Islom Zoirov, 70), Sheriddin Boboev (Rustam Soirov, 80).
Usmon Toshev boshchiligidagi tojikistonliklar navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 12 noyabr kuni BAA terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar