Tojikiston terma jamoasi Bahrayn bilan durang o‘ynadi, "Navbahor" legioneridan dubl
Tojikiston olimpiya terma jamoasi Bahraynga qarshi ikkita nazorat o‘yinini o‘tkazish uchun Manamaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.
Tojikiston terma jamoasi tarkibiga “Navbahor” etakchilaridan biri Exsoni Panshanbe ham taklif qilinganini bilasiz.
Rejaga ko‘ra, u erda mazkur terma jamoalar ishtirokida ikkita o‘yin o‘tkazildi.
3 sentyabr kuni “Xalifa sport siti” stadionidagi dastlabki bellashuvda hisobi ochilmadi – 0:0.

6 sentyabrdagi ikkinchi o‘yinda ham durang natija qayd etildi – 2:2.
E’tiborlisi shundaki, “Navbahor” futbolchisi Exsoni Panshanbe o‘zini ko‘rsatdi. Tojikiston olimpiya terma jamoasi sardori sifatida maydonga tushgan o‘yinchi raqib darvozasiga ikkita gol urgan holda dublga erishdi.
Tojikistan (U-23): Daler Azizov, Shoxrux Sangov, Naimjon Ibragimzoda, Alijon Karomatullozoda, Xuseyn Nurmatov, Karomatullo Saidov, Sorbon Avgonov, Exsoni Panshanbe (s), Daler Yodgorov, Shaxrom Samiev, Nuriddin Xamroqulov.
Shuni aytish kerakki, Panshanbe har ikkala o‘yinda ham terma jamoa sardori sifatida to‘liq ishtirok etdi.
Fikrlar