Tojikistonning Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘zbekistonlik FIFA hakami boshqaradi

Ilgiz Tantashev Tojikiston - Rossiya o‘rtoqlik o‘yinida ishlaydi. Bu haqida Tojikiston futbol federatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasman taklif yubordi.

Unga ko‘ra, 17 noyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni 38 yoshli FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqaradi. Unga qanotlarda Timur Gaynullin va Andrey Sapenko yordam beradi.

 

Manba: O‘zFHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!