
Tokio-2020. Bahodir Jalolovning finalidan oldin O‘zbekiston nechanchi pog‘onada bormoqda? (foto)
Tokio Olimpiadasining 15-kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun medalsiz o‘tdi. Hozirgacha, 2 oltin va 2 bronzani qo‘lga kiritgan sportchilarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingda O‘zbekiston 37-o‘rinni egallashini ta’minlab turibdi.
Bu ko‘rsatkich kechagisidan 5 pog‘ona past. Biroq Bahodir Jalolov kumush medalini kafolatlaganini hisobga olsak, onlayn jadvalda eng kamida 34-o‘rindamiz. Agar medal probasi oltin bo‘lsa, 30-pog‘onaga ko‘tarilib olishimiz mumkin. Quyida 1-20-pog‘onalar bilan tanishing:
Fikrlar