"Tokio-2020" o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi

  • 10 mart, 2021, 00:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Yaponiya Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarini xorijlik tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda KIODO agentligi xabar bermoqda.

Tecno

Bu masala o‘tgan haftada Yaponiya hukumati vakillarining Xalqaro olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari vakillari bilan o‘tkazgan onlayn uchrashuvida ko‘tarilgandi. NHK telekanalining xabar berishicha, 25 mart kuni Yaponiyada olimpiya mash’alasi estafetasining boshlanish marosimi ham tomoshabinlarsiz o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 23 iyul-8 avgust kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgust-5 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!