"Tokio-2020" o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkin

  • 2 fevral, 2021, 09:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
TIGGO 2 PRO

"Tokio-2020" Tashkiliy qo‘mitasi koronavirus bilan bog‘liq barqarorlashmagan vaziyatda Olimpiya o‘yinlarini tomoshabinlarsiz o‘tkazish mumkinligi masalasini o‘rganmoqda. Bu haqida Tashkiliy qo‘mita raisi Yosiro Mori matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz aslida Olimpiya o‘yinlarini tomoshabinlarsiz o‘tkazishni xohlamasligimiz aniq. Agar shu masala to‘g‘risida o‘ylamasak, musobaqalarni o‘tkazishni uddasidan chiqmay qolishimiz ham mumkin”, – dedi Yosiro Mori. Rasmiy vakil Tashkiliy qo‘mita o‘z hamkorlaridan Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha birorta e’tiroz olmaganini ham ta’kidladi.

Kiodo agentligi agar Yaponiya hukumati koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni shu yil yoziga borganda ham to‘la nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lmasa, rejadagi choralarning birini amalga oshirish haqida o‘ylayotganini xabar bergan edi. Bu choralar orasida Olimpiya o‘yinlari paytida stadionlardagi tomoshabinlar sonini keskin chegaralash, yoki ularsiz o‘tkazish ham ko‘rib chiqilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!