Tokio-2020. Sportchilarimiz ishtirokidagi ikkinchi kungi bahslar yakunlandi

  • 25 iyul, 2021, 19:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 17
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun, 25 iyul kuni 11 nafar hamyurtimiz Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini o‘tkazdi. E’tiborlisi, bugun taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Aytish kerakki, u O‘zbekiston taekvondosi tarixida yangi sahifa ochdi. Aynan Rashitov Olimpiya o‘yinlarida medalga sazovor bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik taekvondochiga aylandi.

Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin bilan umumjamoa hisobida 11-o‘rinda bormoqda.

Weightlifting - Olympics: Day 2 : News Photo

WEIGHTLIFTING-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

18:01. Og‘ir atletika. Hamyurtimiz Adhamjon Ergashev 67 kg vazn toifasida erkaklar o‘rtasida bahslarda ishtirok etdi. O‘zbekiston vakili dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish natijalariga ko‘ra 312 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Afsuski, bu natija sportchimizga medallar uchun kamlik qildi. Ergashev 6-o‘rinni egalladi.

TAEKWONDO-OLY-2020-2021-TOKYO-PODIUM : News Photo

TAEKWONDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

TAEKWONDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

TAEKWONDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

Shu tariqa Ulug‘bek O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 dagi ilk medalini qo‘lga kiritdi.

18:00. Taekvondo. Hozirgina hamyurtimiz Ulug‘bek Rashidov ishtirokidagi final jangi o‘z nihoyasiga etdi. 19 yoshli sportchimiz britaniyalik tajribali Bredli Sindenni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Tokyo 2020 Olympic Games - Day 2 - Boxing : News Photo

Tokyo 2020 Olympic Games - Day 2 - Boxing : News Photo

Boxing - Olympics: Day 2 : News Photo

17:06. Boks. Hozirgina erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida boks bo‘yicha 1/16 final janggi o‘z nihoyasiga etdi. E’tiborlisi, ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshod Ro‘zmetov irlandiyalik raqibi Emmet Brennanni 5:0 hisobida engdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

WEIGHTLIFTING-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

Weightlifting - Olympics: Day 2 : News Photo

16:18. Og‘ir atletika. Hamyurtimiz Adham Ergashev 67 kg vazn toifasida erkaklar o‘rtasida dast ko‘tarish bahslarida ishtirok etdi. O‘zbekiston vakili ushbu yo‘nalishda 139 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va 7-o‘rinni egalladi.

Gymnastics - Artistic - Olympics: Day 2 : News Photo

Gymnastics - Artistic - Olympics: Day 2 : News Photo

Gymnastics - Artistic - Olympics: Day 2 : News Photo

Butun arena afsonaviy Chusovitinani qarsaklar ostida kuzatib qo‘ydi.

14:57. Gimnastika. Afsonaviy sportchimiz Oksana Chusovitina ayollar o‘rtasida saralash bahsidagi ishtirokini yakunladi. Afsuski Chusa hakamlar tomonidan 14.166 ballga loyiq ko‘rildi va bu unga 11-o‘rinni keltirdi.

Boxing - Olympics: Day 2 : News Photo

Boxing - Olympics: Day 2 : News Photo

Boxing - Olympics: Day 2 : News Photo

Endi hamyurtimiz navbatdagi bosqichda qo‘shni tojikistonlik Boxodir Usmonovga qarshi ringga chiqadi.

14:35. Boks. -63 kg vazn toifasida 1/16 bosqichda ishtirok etgan hamyurtimiz Elnur Abduraimov mog‘ulistonlik Baatarsuxiyn Chinzorigga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiyin o‘tgan bahsda hamyurtimizning qo‘li baland keldi. Elnur shu tariqa 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

13:20. Velosport. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan velosportchi Olga Zabelinskaya 137 km masofani 3 soat 54 daqiqa 31 soniyada bosib o‘tdi. Bu esa unga 9-o‘rinni olib keldi. Afsuski Olga medallarga da’vogarlik qila olmadi.

Uzbekistan zayavil rossiyskuyu velogonщitsu na Aziatskie igry‍ - Gazeta.Ru

G‘alaba!!! Ulug‘bek finalga chiqdi. Hamyurtimizga hal qiluvchi jangda britaniyalik Bredli Sinden raqiblik qiladi.

13:00. Taekvondo. O‘zbekistonlik sportchi Ulug‘bek Rashitovning yarim final jangi boshlandi. Hamyurtimiz 1-raunddan so‘ng Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi a’zosi Nedjat Xusichni 14:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratmoqda.

Tokyo 2020 Olympic Games - Day Two : News Photo

TAEKWONDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

11:35. Taekvondo. Hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov chorak final bahsini yakunladi. U bu bosqichda eronlik Marxashem Xusayniga qarshi kurash olib bordi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ulug‘bek raqibini 33:22 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uning keyingi raqibi Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi a’zosi Nedjat Xusich bo‘ladi.

TAEKWONDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

09:00. Velosport. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida velosportchimiz Olga Zabelinskaya ham o‘z ishtirokini boshladi. Velosportchimiz shossening guruh poygasi dasturida 137 km masofani bosib o‘tadi.

Tokyo Olympics: Cycling Road : News Photo

Tokyo 2020 - Cycling : News Photo

08:27. Taekvondo. -68 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov 1/8 finalda Janubiy Koreya vakili Li De Xunga qarshi doyanga chiqdi. Murosasiz kechgan kurashda hamyurtimiz 21:19 hisobida 3 karra jahon chempioni hisoblangan tajribali raqibi ustidan g‘alaba qozondi.

Taekwondo - Olympics: Day 2 : News Photo

Taekwondo - Olympics: Day 2 : News Photo

TAEKWONDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

07:46. Dzyudo. Ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova 1/16 bosqichda mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.

JUDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

JUDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

07:31. Dzyudo. Hamyurtimiz Sardor Nurillaev 1/16 bosqichda moldovalik Denis Vieruga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski bu dzyudochimiz ham imkoniyatni boy berdi.

JUDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

JUDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

07:19. Boks. Tokio-2020 Olimpiadasining ikkinchi kun dasturida boks bahslariga ham start berildi. Kunning birinchi jangi hamyurtimiz Tursunoy Rahimova ishtirokida kechdi.

-51 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan vakilimiz polshalik Sandra Drabikka qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda chiroyli jang o‘tkazgan Rahimova raqibasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa hamyurtimiz Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan ilk bokschi sifatida tarixga kirmoqda. Uning keyingi bosqichdagi raqibasi turkiyalik Buse Naz Chakiroo‘g‘lu bo‘ladi.

TOPSHOT-BOXING-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

BOXING-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

07:01. Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmirzaev va Sobir Safaraliev. Engil qayiqdagi juftlik bahslarida ishtirok etayotgan vakillarimiz ushbu bosqichda ham to‘rtinchi natijani qayd etishdi. Endilikda ular 13-18 o‘rinlar uchun kurashni davom ettirishadi.

06:30. Taekvondo. Biroz avval taekvondo bo‘yicha navbatdagi bellashuvlarga ham start berildi. Unda hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) o‘zbekistonlik sportchilarning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi uzoq kutilgan g‘alabasiga mualliflik qildi.

Taekwondo - Olympics: Day 2 : News Photo

Taekwondo - Olympics: Day 2 : News Photo

TAEKWONDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

Taekwondo - Olympics: Day 2 : News Photo

Dastlabki saralash bosqichida hamyurtimizga malilik Seydu Mofana raqiblik qildi. Murosasiz kechgan jangda vakilimiz 38:17 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi. Bo‘lajak bahsda ham yurtdoshimizga omad tilab qolamiz.

1.Shahboz Holmirzaev, Sobirjon Safaraliev (eshkak eshish, juftlik) – 06:10

2.Ulug‘bek Rashitov (taekvondo, erkaklar – 68 kg) – 06:14

3.Tursunoy Rahimova (boks, ayollar – 51 kg) – 07:00

4.Sardor Nurillaev (dzyudo, erkaklar – 66 kg) – 07:00

5.Diyora Keldiyorova (dzyudo, ayollar – 52 kg) – 07:00

6.Olga Zabelinskaya (velosport, ayollar 137 km) – 09:00

7.Oksana Chusovatina (gimnastika, ayollar saralash) – 13:05

8.Elnur Abduraimov (boks, erkaklar – 63 kg) – 14:18

9.Adham Ergashev (og‘ir atletika, erkaklar 67 kg) – 15:50

10.Dilshod Ro‘zmetov (boks, erkaklar – 81 kg) – 16:42

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
25/07/2021 20:48
МУБОРАК БЎЛСИН. ДАВОМЛИ БЎЛСИН ОЛТИН МЕДАЛЛАР.
Atadjanov G'ulambek
25/07/2021 18:10
Oltin medal muborak bulsin yurtdoshlar...
Sulton Kuldashev
25/07/2021 18:08
1чи олтин муборак булсин
&
Турсун Ғани
25/07/2021 14:48
ЭЛНУР АММАЛАДИ. ОМАД КИЕЙНГИ ЖАНГЛАРДА. КЎЗ ТЕГМАСИН БУГУН КЕЧАГИ КУНГА НИСБАТТАН АНЧА ЯҲШИ КЕТМОҚДА СПОРТЧИЛАРИМИЗ. АНАШУНДАЙ РУҲДА ДАВОМ ЭТИШ КЕРАК. ОЛҒА ЙИГИТЛАР ВА СПОРТЧИ ҚИЗЛАР ОЛҒА.
&
Турсун Ғани
25/07/2021 13:30
ГИМНАСТИКА ОКСАНА ЧУСОВЕТИНА НИМА БЎЛДИ НАТИЖА КИМ БИЛСА ЁЗВОРИНГЛАР 13:05 ДА ЧИҚАДИ ДИЕЙЛГАН ЭДИ КУ.
&
Турсун Ғани
25/07/2021 13:19
СПОРТ ТВ ХОПШОПГА БАЛО БОРМИ АКСАНА ЧУСАВЕТИНАНА КЎРСАТ ЧИҚИШИНИ БИЛАТТ ДАЛБАЁБЛАР ХОП ШОП АЧКИНИ КЎРСАТАСАНЛАР. ЧУСОВЕТИНА ЧИҚДИМИ, НИМА БЎЛДИ...
&
Турсун Ғани
25/07/2021 13:15
ЧУСОВЕТИНАНИ ЧИҚИШИНИ ҚАЕРДАН КЎРАМИЗ СПОРТ ТВ АЙТМАЙСАНЛАРМИ ҚАЙСИ КАНАЛДА АКСАНА ЧУСОВЕТИНА ҲОЗИР ЧИҚИШИ КЕРАК ЭДИКУ...
&
Турсун Ғани
25/07/2021 13:11
Даҳшат Улуғбек Рашидов финалда....
Чемпион ҳам бўлади ҳудо ҳоҳласа Улуғбек ЧЕМПИОН 28:5 ДАҲШАТ.
&
Navbahor&Liverpul
25/07/2021 12:47
Sport tv kalanga,sanlari eplomasang bermaysanmi uzreportga gandonla vatandoshlari uyinini obermaysanmi sport2 xuy bormi toshkent tv toshkentan boshqa,xech qayda korsatmaydiku blat bular qachon odam bolarkin sport tv axvolini qaydagi 3&3basketbi korsatyapti

&
Турсун Ғани
25/07/2021 12:02
Бизада Бухорода ҳам Тошкен ТВ ва Спорт 2 твлар йўқ юртдошларимиз чиқишса Вилоятларда бор каналлардан қўйинглар МТРК ҳеч бўлмаса Ўзб тв, Оилави тв ва Махалла Тв ларда қўйинглар. Йоки Спорт 2 Тошкент ТВни бутун Ўзбекистонга узатингларда , бунақа эмасда яхшилар...
Аксана Чусоветинани чиқишини бутун Ўзбекистон кўрсин. Биз кўришни ҳоҳлаймиз. МОҚ ҳоҳламаса ҳам Афсоналарни...МТРК...
&
Ramzis ll
25/07/2021 11:50
MTRK ming la'nat, viloyatdagilar Toshkent, Sport 2 kanallaringni qanday tomosha qiladi yoki butin mamlakat internet bilan ta'minlab qo'yilganmi, bita kanalida keraksiz sport turlarini ko'rsatyapsanlar, o'zbek sportchilari baxsini qanday ko'ramiz, qo'lingdan kelmasa Uzreport ga qo'yib bermaysanlarmi.
Atadjanov G'ulambek
25/07/2021 11:44
Ulug'bek otanga raxmat seni. Bizni quvontiradigan mard yigit xam bor ekanku.
&
Турсун Ғани
25/07/2021 11:43
Кўзлар тегмасину бугун кечагидан бироз яҳши. Ҳар қалай ғалабалар бор. Такванда ва боксда. Дзудочиларимиз эса лапашанглик қилмоқда. Нега биздан бошқа Ришод Собировлар йтишиб чиқмаяпти экан нима диесилар шу саволимга... нима бўлса ҳам ғалабаларни кутиб қоламиз. Олға ватандошлар олға.
Atadjanov G'ulambek
25/07/2021 09:28
Otasiga raxmat shu Ulug'bek degan bolani. Jaxon chempionlarini xam yengsa bular ekanku. Yashavor Ulug'bek.
Atadjanov G'ulambek
25/07/2021 07:52
Sardor Nurullayev nima karomat kursatding. Biron bir usul xam qullay olmading. 35 millionlik xalqni ishonchini oqlashim kerak degan masuliyat bormi senlarda uzi..... odamlar uxlamasdan kutib utirishadi sanlarni kurashingni.... uyalmaysanlar xam sizlar..... ota-onang maxallada bosh kutarib yurishi xam kerakku. Lombardoga, yoki Abega, yoki Vachaga yutqizsang mayli tushunardik. E satqayi odam ketlaring. Kecha Sharofiddin degani sharmanda qildi, bugun navbat senga ekanda.....
&
Турсун Ғани
25/07/2021 11:52
Ор, номус, маъсулият, ватан туйғуси... буларда йўқ шекилли. Шунақа туйғуларни шакиллантириб, ҳис қилдириб кийен олимпиадага олиб бориш керакда бу гўсала боқар , анқоов дзудочиларни. Наҳотки 1/16 босқич лардан чиқиб кетишдан ўйалмайди булар. Қани Ўзбек нинг ориятли кураги ерга тегмас фарзандлари. Лапшанглар....
Анқовлар....
Думбуллар... бошқа нима ҳам диеймиз буларга...
Atadjanov G'ulambek
25/07/2021 15:20
Bu gaplar xam kam bularga. Shu gaplarni urischa qilib aytish kerak bu lattalarga. Million million byudjet pullari xayf bu nodonlarga. Trenering bilan birga sanlarni.........