Tom Aspinall oʻyindan chiqdi, endi Siril Gan kim bilan jang qiladi?
Ogʻir vazn toifasidagi MMA ustasi Siril Gan navbatdagi jangi oldidan tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bu haqida uning sparring-sherigi — Puyya Rahmaniy xabar bermoqda.
"Sirilga Aspinallga qarshi bahs uchun tayyorgarlikda yordam bergandim. Oʻylaymanki, agar oʻsha toʻqnashuv ikkinchi raundgacha davom etganida, Gan Tomni finish qilardi...
Fransiyalik kelasi hafta yana Dubayga keladi va navbatdagi jangga men bilan tayyorlanadi.
Oʻylashimcha, revanş butunlay boshqacha boʻladi. Mutlaqo boshqa stsenariyda oʻtadi, bunga ishonaman. Bu safar fransuz angliyalikni nokautga uchratadi", — dedi Rahmaniy "Bowks Talking Bouts" nashriga bergan intervyusida.
Maʼlumot uchun, Siril Ganning navbatdagi jangga tayyorgarlikni boshlagani haqidagi xabarlar fransuzning vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilishi ehtimolini yanada kuchaytirmoqda. Chunki Tom Aspinall hozircha oktagonga qaytishni rejalashtirmayapti.
Taxminlarga koʻra, Ganning ehtimoliy raqibi yarim ogʻir vazn toifasida UFC chempioni Aleks Perreyra boʻlishi mumkin.
Fikrlar