Tom Aspinall endi oktagonga qaytmaydi(mi?)

  • 16.09.2026 02:02
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Demetrius Jonson angliyalik Tom Aspinallning janglarga qaytishiga ishonmayapti.

"Aspinallning UFC kamarini bo‘shatish haqidagi qarori, aslida, professional faoliyatini yakunlashini anglatadi.

Agar Tom yana oktagonga chiqsa, hayratda qolaman. Ammo shuni ham unutmaslik kerak: har safar jang va mashg‘ulotlarga kelganda, ko‘z xavf ostida bo‘ladi. Men eng yomon stsenariy haqida o‘ylayapman. Uning o‘rnida bo‘lganimda ko‘rish qobiliyatim va farzandlarimni ko‘rish imkoniyatini xavf ostiga qo‘ymasdim", - dedi Jonson o‘z podkastida.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Tom Aspinall ko‘zidan qayta jarohat olgani, bu esa unga yaqin kelajakda oktagonga qaytish imkonini bermasligini aytib, UFC chempionlik kamarini bo‘shatganini ma’lum qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!