Tomosha ko‘rsatishni bas qil! Anchelotti braziliyalik yulduzni keskin tanqid qildi

  • 24 aprel, 06:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda amaldagi chempion “Real” safar uchrashuvida “Xetafe”ni kichik hisobda taslim qildi.

Tecno

Uchrashuvdagi yagona golni turkiyalik legioner Arda Gyuler 21-daqiqada kiritdi.

Bellashuvdan keyin madridliklar bosh murabbiyi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan Endrikning o‘yinidan qoniqmaganini ko‘rsatib, 18 yoshli futbolchini keskin tanqid qildi.

- Endrik kuchliroq bo‘lishga harakat qilishi kerak. Tomosha ko‘rsatishni keragi yo‘q. Futbol teatr emas. U hali yosh, shuning uchun ham ko‘p narsani o‘rganishi shart, - dedi Karlo Anchelotti.

Ma’lumki, “Real”ning asosiy hujumchilaridan Kilian Mbappe jarohati tufayli jamoaga yordam bera olmayapti. Karlo Anchelotti shu bois Endrikni ilk daqiqalardan o‘ynatgan edi. Braziliyalik futbolchi samarali harakatlarni amalga oshira olmadi, birinchi bo‘limda gol urish uchun yaratilgan qulay vaziyatni barbod qildi. Buning oqibati Endrik 64-daqiqada o‘yindan olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!