Tomoshabop janglar ko‘rsatuvchi TOP-5 bokschi kim?

  • 12.03.2026 17:10
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Boks afsonasi Mayk Tayson tomoshabop janglar ko‘rsatuvchi TOP-5 zamonaviy charm qo‘lqop ustalarini sanab o‘tdi.

"Menga Shakur Stivenson, Kishon Devis, Naoya Inoue va Jermall Charloning janglarini ko‘rish yoqadi. Shuningdek, yana bu ro‘yxatga meksikalik Devid Benavidezni ham qo‘shgan bo‘lardim. Ular juda ham ajoyib hamda tomoshabop bahs o‘tkazadi", – deb Taysoning so‘zlarini keltirdi "The Ring" jurnali.

Ma’lumot uchun, Taysoning professional rekordida 50 ta g‘alaba (44 tasi muddatdan avval) va 7 ta mag‘lubiyat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!