Toni Kroos APL grandidan taklif oldi

  • 07.03.2019 17:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Ispan nashrlarining xabar berishicha 29 yoshli nemis futbolchisiga “Manchester Siti”dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Aniqrog‘i, uni shahsan “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Ushbu transfer joriy yoz amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kroos joriy mavsum “Real” safida jami 34ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 80 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!