
Toni Kroos "Evro-2024"da rekord o‘rnatdi
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos kecha Shotlandiya termasiga qarshi kechgan "Evro—2024" guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida 99 foiz aniq uzatmalarni amalga oshirdi.
"Opta" nashri xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi 102 ta pasdan 101 tasini aniq amalga oshirgan. Bu Evropa chempionatida 100 dan ortiq uzatmani amalga oshirgan barcha futbolchilar orasida 1980 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Eslatib o‘tamiz, "nemis mashinasi" Shotlandiya terma jamoasini yirik 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Virts, Musiala, Havertts, Fyullkrug va Jan raqib darvozasini bir martadan ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Antonio Ryudiger o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.
Fikrlar