Toni Kroos nimadan tashvishlanayotganini aytdi

Germaniya terma jamoasi sardori Toni Kroos Millatlar ligasi doirasida Shveytsariyaga (1:1) qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Afsuski, bellashuv biroz Ispaniyaga (1:1) qarshi o‘yinga o‘xshab qoldi. Raqibimiz kuchli pressing qildi va biz bu holatdan chiqib keta olishimiz kerak edi. Biz bu borada ishlashimiz kerak, bizga raqib pressingida ham to‘pni ushlab tura oladigan futbolchilar kerak.

Hujum chizig‘ida ham ko‘p marta to‘pni yo‘qotib qo‘ymoqdamiz, shunday xatolardan biri o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqishimizga majbur qildi. Oltita bellashuvdan so‘ng, 2 ochko jamg‘arganimiz biroz tashvishga solmoqda," - dedi Kroos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!