"Top-5"ga yo‘l olaman", - Diyor Xolmatov
"Paxtakor" 13-turida "Qo‘qon-1912"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda hisobni Diyor Xolmatov ochdi. Uchrashuvdan keyin futbolchi ushbu yozda jamoani tark etayotgani haqida ham gapirib o‘tdi.
"Xudo xohlasa, Evropaga yo‘l olaman, bu "top-5" chempionati bo‘ladi", - dedi yarim himoyachi. Shuningdek, gol urgani haqida hap gapirib o‘tdi: "Hamma meni unutib qo‘ygandi, gol urib, o‘zimni eslatib qo‘ydim". Xolmatov Superligada mavsumdagi 5-o‘yinini o‘tkazdi.
Ma’luomt uchun, "Paxtakor" mag‘lubiyatsiz seriyasini 6 taga etkazib oldi: 5 ta g‘alaba va 1 ta durang.
Fikrlar