To‘qqiz raund ustunlik qilgan Mozes Itauma nima uchun Filip Hrgovichga yutqazib qo‘ydi?

  • 03.09.2026 10:02
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikki vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Devid Xey xorvatiyalik Filip Xrgovich va britaniyalik Mozes Itauma oʻrtasidagi jangni atroflicha tahlil qildi.

"Uchinchi raundda oʻyladim: “Xoʻp, endi taktikani oʻzgartirish kerak. Ozgina tinchlanib, raundlarni ochkolar hisobidan olishga oʻtish vaqti keldi”. Biroq Mozes har bir raundda qattiq zarbalarga suyanaverdi. Birinchi raunddan yettinchi gacha u doimiy ravishda hujumda boʻldi. Har tanaffusda ichimdan unga: “Tinchlan, surʼatni pasaytir”, deb iltimos qilardim. Sakkizinchi raundda Itauma yana oldinga tashlandi, shunda bir lahza ikki­lanib qoldim: ehtimol, uni kam baholagandirman?! Balki u koʻringanidan ancha chidamlidir? Men aniq bunday ogʻir zarbalarni bunchalik koʻp bera olmagan boʻlardim.

Lekin shu yerda hammasi tubdan oʻzgardi. "Benzin" tugadi. Mozes qattiq nafas ola boshladi. Ammo tamoman charchagan holatda ham Itauma Xrgovichga juda kuchli zarbalar yoʻllashga ulgurardi. Britaniyalik zoʻrga oyoqda turibdi, biroq shunday zarbalarni yoʻllardiki, odatda bunday zarbalar har qanday ogʻir vazn vakilini nokaut qilardi. Bahsning oxirgi daqiqalarini tomosha qilish rostdan ham juda ogʻir boʻldi", – dedi Xey "Built Different Boxing" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, 29 avgust kuni London shahrida oʻtkazilgan boks oqshomida Xrgovich toʻqqizinchi raundda  Itaumani texnik nokautga uchratib, ogʻir vaznda IBF chempioniga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!