To‘rabek Habibullaevning Parij Olimpiadasidagi asosiy raqiblari...

  • 27 iyun, 2024, 12:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Parij Olimpiadasida bokschilarimizga boshog‘riq bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy raqobatchilar haqidagi fikrlarimizni davom ettiramiz. Bugun  o‘ziga xos "yashirin qurol"imiz bo‘lgan va -80 kgda yurtimiz sharafini himoya qiladigan To‘rabek Habibullaevning ehtimoliy va asosiy raqobatchalari borasida so‘z yuritamiz. 

Arlen Lopes -Kuba

- Kubalik nomdor bokschi, uning o‘zbekistonliklar bilakn qarama-qarshiligini ko‘p bora guvohiga aylanganmiz. Ikki karra Olimpiada chempioni, Jahon chempioni, Panamerika chempioni hisoblanadi. 31 yoshda albatta, uning kuchga to‘lgan vaqti biroz ortda qoldi. Biroq, katta musobaqalardagi tajribasi unga qo‘l kelishi mumkin. Texnikasi juda yuqori va u bilan ochiq boks tushib bo‘lmaydi. Mustahkam himoya va kuchli bosim uni izdan chiqarishi mumkin. Isroil Madrimov  uni 2 bor qanday mag‘lub etish mumkinligini ko‘rsatib bergandi.  Katta ehtimol bilan u faoliyatidagi so‘ngi Olimpiadasida ishtirok etayapti va nimagadir erishishga harakat qiladi. 

Oleksandr Xijnyak - Ukraina

- "Ukrainalik tank" ham bu Olimpiadada o‘zining orzusini amalga oshirishga harakat qiladi. Tokio Olimpiadasi finalida u kutilmaganda nokautga uchrab kumush bilan cheklangandi.  Xijnyak ham jahon chempioni, Evropa chempioni, yuqorida aytib o‘tdik Olimpiada kumush medali egasi. Juda qattiq bokschi. Lekin har qanday bokschini mag‘lub etsa bo‘ladi. Buni braziliyalik Ebert Konseysau Tokioda ko‘rsatib bergandi. Xijnyak doim 1-raqamda va bosim bilan harakat qilishni xush ko‘radi. Uni qarshi xujumda tutish va ajoyib oyoq harakatlari bilan ochkolarni yig‘ish mumkin. Har holda bizni xulosamiz shunday...



Eumir Marsiyal - Filippin

- Filippinlik ajoyib bokschi. U Jahon chempionatida kumush, Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritgan. Osiyo o‘yinlarida va chempionatida bittadan kumush va bronza medaliga ega chiqqan. U -69, -75 kg vaznlarda ko‘proq harakat qilgan. So‘ngi Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarida -80 kgda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Har holda u ushbu vaznga moslashib ulgurgan.  Isroil Madrimov va Saidjamshid Jafarovlar uni mag‘lub eta olgan. To‘g‘ri, Madrimov bilan hisob 1:1 ko‘rinish olgan. Biroq o‘shanda ham Isroil yaxshi harakat qilgandi.  Xullas, yaxshi saviyadagi bokschi. 

Salvatore Kavalyaro -Italiya

- Italiyalik iste’dod Evropada anchagina o‘z o‘rniga ega sanaladi. Italiyada Roberto Kamarelle kabi bir-bir mana shunday mahorat egalari chiqib qoladi. Kavalyaro ana shundaylar sarasiga kiradi. U Evropa o‘yinlari va chempionatining bir necha bor sovrindoriga aylangan. Chapaqay bokschi va anchagina kuchli zarba sohibi sanaladi. Xullas, bu bokschi ham raqobat tug‘dirishga qodir. 

Albatta, bu shunchaki bizning shaxsiy fikrlarimiz xolos. Aslida, voqealar rivoji qanday ko‘rinish oladi, avgust oyida bilib olamiz. Biz esa To‘rabekka ishonamiz va unga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Salohiddin Anvarov
27/06/2024 13:47
Qozoq saytda hozir oʻqidim ulayam Toʻrabekni qoʻshmagan favaritlarga oʻzimizikilaram javob beribdida